Dolzarb

Davron Ismailov vazir o‘rinbosari etib tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 10 maydagi №3711 son farmoniga muvofiq, Davron Anvarovich Ismailov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Shu munosabat bilan, bugun vazirlikda tayinlov bo‘lib o‘tdi. Davron Ismailov bugungacha vazirlikning Investitsiyalar va moliyaviy boshqaruv boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Manbaa: www.mitc.uz

Raqamlar

2017 yilda "TvaPRM" filiali tomonidan "O'zbektelekom" AK rahbar va kadrlar malakalari oshirildi.
2017 yilda "O'zbektlekom" AK Metrologiya xizmati bo'yicha Kompaniyaning qurilmalari metrologik attestatsiyadan o'tkazildi.
2017 yilda "O'zbektelekom" AK "Innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar" Respublika yarmarkasiga qatnashdi.

Cisco Networking Akademy

Internet tarmog'i echimlari bo'yicha dunyoda etakchi kompaniyalardan biri bo'lgan AQShning Cisco kompaniyasi "Tarmoq akademiyasi" dasturi doirasida "Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi" filialida Cisco lokal tarmoq akademiyasi tashkil etilgan va 3069630 raqami bilan ro'yxatdan o'tkazilgan. Hozirgi lokal tarmoq akademiyasida 100dan ortiq foydalanuvchi ro'yxatdan o'tgan.Asosan internet tarmog'i orqali masofadan o'qitishga mo'ljallangan o'quv kurslarida foydalanuvchilar amaliy va nazariy bilim olishlari, mustaqil ravishda laboratoriya stendida turli qurilmalarni konfiguratsiyalashlari, real ishlovchi tarmoq modellari kamchiliklarini bartaraf qilishni amalga oshirishlari mumkin. CCNA kursining 3 va 4 semestrlarida mutaxassislar asosan real qurilmalarda vazifaga ko'ra tarmoqni qurish, uning parametrlarini tekshirish va xatoliklarni bartaraf etish bo'yicha amaliyot o'tadilar. CCNA kursini bitirgan mutaxassislar CCNP (Cisco Certified Network Professional) kursini o'qishlari mumkin.

Bu kursda ularga oldingi kursga nisbatan ko'proq talablar qo'yiladi. CCNP kursida mutaxassislar asosan real qurilmalarda mashg'ulotlar olib boradilar. Cisco lokal tarmoq akademiyasidagi qurilmalar nafaqat o'quv kurslarida balki tarmoqlarni loyihalash, xatoliklarni bartaraf etish va mavjud tarmoqlarni takomillashtirish yo'llarini ishlab chiqishda immitator vazifasida ham ishlatilishi mumkin.

Bilish foydali

Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni

2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha harakatlar strategiyasi

O'zbekiston Respublikasining "Elektron hukumat to'g'risida"gi qonuni

Ma'lumotlardan foydalanish shartlari

Tinglovchilarga eslatma

O'zbekistonda elektron hukumatni joriy etish va rivojlantirish holati