Dolzarb
Orascom Telecom Holding rahbari bilan muzokara bo‘lib o‘tdi |
|
Bugun vazirlik rahbariyati ishtirokida Misr Arab Respublikasining Orascom Telecom Holding kompaniyasi boshqaruvi rahbari Najib Saviris bilan muzokara bo‘lib o‘tdi. Misrlik biznesmen 14-16 mart kunlari O‘zbekistonda bo‘lib, O‘zbekiston IT-sanoatining salohiyati, yaqin istiqboldagi rejalar bilan tanishmoqda.
Najib Saviris uchrashuvda O‘zbekistonning telekommunikatsiya sohasiga sarmoya kiritishga qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi. Shu munosabat bilan, Orascom Telecom Holding bilan IT-infratuzilmasini rivojlantirish, xususan ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini qurish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish masalasi muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida tomonlar har ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan kelishuvlarni amalga oshirish, sarmoya kiritish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.
Manbaa: www.mitc.uz |
Raqamlar
![]() |
2017 yilda "TvaPRM" filiali tomonidan "O'zbektelekom" AK rahbar va kadrlar malakalari oshirildi. |
![]() |
2017 yilda "O'zbektlekom" AK Metrologiya xizmati bo'yicha Kompaniyaning qurilmalari metrologik attestatsiyadan o'tkazildi. |
![]() |
2017 yilda "O'zbektelekom" AK "Innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar" Respublika yarmarkasiga qatnashdi. |